Xorijiy investitsiyalarni eng koʻp jalb qiluvchi mamlakatlardagi investitsion muhit: qiyosiy tahlil
Annotatsiya
Mazkur maqola globallashuv jarayonida xorijiy investitsiyalarni eng koʻp jalb qiluvchi mamlakatlardagi investitsion muhitni qiyosiy tahlil qilishga bagʻishlangan. Ishda AQSh, Germaniya, Singapur va Xitoy kabi davlatlarning investitsiya siyosati, iqtisodiy infratuzilmasi hamda investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlari oʻrganilgan. Shuningdek, ushbu mamlakatlarda xorijiy toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishga taʼsir etuvchi asosiy omillar- soliq siyosati, innovatsion rivojlanish, transport infratuzilmasi va ichki bozor imkoniyatlari- bir xil metodologiya asosida taqqoslab tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida investitsion muhitni yaxshilash orqali mamlakatlarning iqtisodiy oʻsishini taʼminlash, xalqaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va global raqobatbardoshlikni oshirish mumkinligi asoslab beriladi. Mazkur tajribalar rivojlanayotgan davlatlar uchun muhim amaliy ahamiyatga ega.