Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Ozon texnologiyalarining qishloq xoʻjaligidagi ekologik va texnologik afzalliklari

Shahnoza ParpiyevaFan va texnologiyalar universiteti, Aniq fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda qishloq xo‘jaligida ozon texnologiyalaridan foydalanishning ekologik va texnologik afzalliklari ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Ozonning yuqori oksidlovchi xususiyati urug‘lik materiallarini zararsizlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridagi mikrobiologik ifloslanishni kamaytirish, don va urug‘larni saqlashda ombor zararkunandalarini nazorat qilish, mikotoksin hamda ayrim pestitsid qoldiqlarini parchalash imkonini beradi. Ozonning ishlovdan keyin tez parchalanishi va doimiy kimyoviy qoldiq hosil qilmasligi ushbu texnologiyaning muhim ekologik afzalligi hisoblanadi. Shu bilan birga, uning gazsimon va suvda eritilgan shakllarda qo‘llanishi, issiqlik bilan ishlov berishni talab qilmasligi hamda mavjud saqlash va qayta ishlash tizimlariga integratsiyalash imkoniyati texnologik jihatdan muhimdir.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar