Tibbiyot texnikumi oʻquvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda simulyatsion taʼlim texnologiyalarining ahamiyati
Berdikulova FeruzaXalqaro Nordik Universiteti 1 - bosqich magistratura talabasi
2026uz
Ochiq kirishGibrid
Litsenziya: cc-by
ABI
Annotatsiya
Mazkur ishda tibbiyot texnikumi o‘quvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda simulyatsion ta’lim texnologiyalarining o‘rni kompetensiyaviy yondashuv nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Mavzu O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, bemor xavfsizligi tamoyillari va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim zarurati bilan dolzarb hisoblanadi. Tadqiqotda simulyatorlar, virtual laboratoriyalar va amaliy mashg‘ulotlarning kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi roli xorijiy va mahalliy tajriba asosida yoritilgan hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos7 ta foydalanilgan manba