Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Ijtimoiy muhit omillarining korxona inson resurslari samaradorligiga taʼsirini baholash

Xurshid Karimov“TIUE”xalqaro universiteti, O‘quv jarayonini rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Korxonalarda inson resurslari samaradorligi xodimlarning kasbiy salohiyati bilan bir qatorda ular faoliyat yuritadigan ijtimoiy muhit sifatiga ham bog‘liq. Ushbu tezisda korporativ madaniyat, rahbar tomonidan qo‘llab-quvvatlash, jamoaviy munosabatlar, tashkiliy adolat, inklyuzivlik, ijtimoiy himoya, xodimlar farovonligi hamda ish va shaxsiy hayot muvozanatining HR natijalariga ta’siri tadqiq etilgan. Ijtimoiy muhit omillarini o‘lchash, normallashtirish va vaznlash asosida Ijtimoiy muhitning HR samaradorligiga ta’siri integral indeksi taklif qilingan. Ta’sirning bevosita hamda ishga jalb etilganlik, tashkiliy sodiqlik va psixologik xavfsizlik orqali yuzaga keladigan bilvosita yo‘llarini baholash modeli ishlab chiqilgan. Taklif etilgan yondashuv ijtimoiy muhitdagi muammoli omillarni aniqlash, ularning mehnat unumdorligi, kadrlar qo‘nimsizligi, ishga chiqmaslik va xodimlarni saqlab qolish ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholash hamda dalillarga asoslangan HR qarorlarini qabul qilish imkonini beradi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar