Oʻzbekiston hududlarida investitsiya faolligi va sanoat oʻsishining oʻzaro bogʻliqligi
2026uz
ABI
Annotatsiya
Tezisda O‘zbekistonning 14 hududi bo‘yicha investitsiya faolligi va sanoat o‘sishining o‘zaro bog‘liqligi baholangan. 2024-yil rasmiy statistikasi asosida qiyosiy tahlil o‘tkazilib, Pearson va Spearman korrelyatsiyalari hisoblangan. Bir yillik o‘sish sur’atlari o‘rtasida kuchsiz bog‘liqlik kuzatilgan: tegishli koeffitsiyentlar 0,248 va 0,073 ni tashkil etgan. Natijalar sababiy ta’sirni ifodalamaydi. Xalqaro tadqiqotlar asosida investitsiyalar tarkibi, loyihalarning ishga tushish muddati va mahalliy yetkazib beruvchilar bilan aloqalarni hisobga oluvchi tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos6 ta foydalanilgan manba