Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida stress va xavotirlanish holatlarining psixologik omillari
Annotatsiya
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kuzatiladigan stress va xavotirlanish holatlarining asosiy psixologik omillari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi 7–10 yoshli o‘quvchilarda maktab stressining namoyon bo‘lish darajasi va uni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotga 1–4-sinf o‘quvchilaridan 45 nafar bola jalb etilib, moslashtirilgan so‘rovnoma, kuzatish va o‘qituvchilar bilan suhbat metodlaridan foydalanildi. Natijalarga ko‘ra, o‘quvchilarning katta qismida baholanishdan qo‘rqish, obro‘sizlanishdan xavotirlanish hamda oila tomonidan yuqori natija kutish bosimi eng ustuvor stress omillari sifatida namoyon bo‘ldi, alohida 1-sinf o‘quvchilarida maktabga moslashuv davriga bog‘liq umumiy xavotirlilik yuqori darajada qayd etildi.