QURILISH KORXONALARIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) qurilish korxonalariga davlat ahamiyatidagi infratuzilma va ijtimoiy obyektlarni xususiy mablag‘ va boshqaruv resurslarini jalb etgan holda barpo etish imkonini beradi. Grimsey va Lewis DXSh’ni xususiy tomon infratuzilma xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma bajaradigan hamkorlik shakli sifatida ta’riflaydi [6]. O‘zbekistonda 2019 yil 10 mayda qabul qilingan O‘RQ-537-son «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonun bu faoliyatning huquqiy asosini yaratgan [1]. Shartnoma muddati 3 yildan 49 yilgacha, har bir loyiha uchun esa risklar matritsasi va shartnoma muddati davomidagi kapital va operatsion xarajatlar, daromadni o‘z ichiga olgan moliyaviy model tayyorlanadi [2]. Shunday uzoq muddatli majburiyatlar sharoitida loyihaning iqtisodiy samaradorligini aniq baholash muhim. Mengnarov DXSh loyihalari samaradorligini baholash uslubiyotini va qo‘llaniladigan iqtisodiy usullarni tahlil qilgan [3], Karabaev esa 2018–2022 yillarda amalga oshirilgan DXSh loy