Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI

Sotvoldiyev AkbarjonAndijon davlat universiteti, Huquq-Iqtisod fakulteti, yo’nalishi 2-kurs talabasi
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishning nazariy va metodologik asoslari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot principal-agent, institutsional, kollektiv harakat va ratsional tanlov nazariyalari asosida korrupsiya fenomenining mohiyatini ochib beradi. Xalqaro huquqiy standartlar, xususan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi (UNCAC) hamda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida shakllangan yondashuvlar solishtiriladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, davlat sektorida korrupsiyaga qarshi samarali kurash faqat jazolash choralariga emas, balki profilaktika, institutlar mustahkamligi, ochiqlik, hisobdorlik va axloqiy madaniyatni rivojlantirishga asoslangan tizimli yondashuvni talab etadi. Tadqiqot nazariy-metodologik asoslarni tizimlashtirish orqali milliy sharoitga mos kompleks modelni taklif etadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar