Oʻqituvchining oʻz-oʻzini anglashi, oʻquv faoliyatini rejalashtirishi, monitoring qilishi va baholash qobiliyatlarining kasbiy rivojlanishdagi oʻrni
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy pedagogik faoliyatda o‘qituvchining kasbiy-metakognitiv salohiyatini rivojlantirish masalalari tahlil etilgan. O‘qituvchining o‘z pedagogik faoliyatini anglash, rejalashtirish, monitoring qilish va natijalarni mezonli baholash jarayonlarining kasbiy rivojlanishdagi ahamiyati yoritilgan. Metakognitiv yondashuv asosida o‘qituvchi faoliyatining o‘z-o‘zini anglash (refleksiya), pedagogik faoliyatni prognostik rejalashtirish, o‘quv jarayonini interaktiv monitoring qilish hamda pedagogik natijalarni retrospektiv va mezonli baholash kabi asosiy komponentlari ochib berilgan. Shuningdek, kasbiy-intellektual va amaliy-ijrochilik to‘siqlarini aniqlash hamda ularni kompensator imkoniyatlar asosida bartaraf etish, didaktik materiallarni ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlariga moslashtirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Xalqaro ta’lim tajribasi va me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili asosida o‘qituvchining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda refleksiv va metakognitiv yondashuvlarning o‘rni asoslangan. Tadqiqot natijalari pedagogik faoliyatni tizimli tashkil etish, o‘qituvchining metodik mustaqilligi va uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash uchun metakognitiv mexanizmlardan samarali foydalanish zarurligini ko‘rsatadi.