Zamonaviy taʼlimiy konsepsiyalar asosida oʻquvchilarda mustaqil fikrlashni rivojlantirish
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy ta’limiy konsepsiyalar asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari keng yoritilgan. Xususan, ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, kompetensiyaviy ta’lim, konstruktivizm kabi konsepsiyalarning mazmun-mohiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda interfaol metodlar, innovatsion pedagogik texnologiyalar hamda axborot-kommunikatsiya vositalarining o‘rni asoslab beriladi. Maqolada o‘qituvchining fasilitator sifatidagi roli, o‘quvchilarda tanqidiy va kreativ fikrlashni rivojlantirish yo‘llari, muammoli vaziyatlar orqali bilimlarni mustaqil egallash mexanizmlari ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning faolligini oshiradi, ularning mustaqil qaror qabul qilish, tahlil qilish va xulosa chiqarish kompetensiyalarini rivojlantiradi.