BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASH MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu tezisda bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’lumotlar bilan ishlash madaniyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari yoritiladi. Raqamli ta’lim sharoitida o‘qituvchi faoliyati tobora ko‘proq ma’lumotlarni izlash, saralash, tahlil qilish, baholash va ulardan pedagogik qarorlar chiqarish jarayoni bilan bog‘lanmoqda. Shu sababli bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’lumotlarga ongli, tanqidiy va mas’uliyatli munosabatni shakllantirish ularning kasbiy tayyorgarligida muhim ahamiyat kasb etadi. Tezisda ma’lumotlar bilan ishlash madaniyati raqamli savodxonlik, axborot madaniyati, tahliliy fikrlash va pedagogik qaror qabul qilish kompetensiyalari bilan uzviy bog‘liq jarayon sifatida talqin qilinadi.