Raqamli taʼlim muhitida menejerlik faoliyatining media madaniyat bilan bogʻliq jihatlari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida menejerlik faoliyatining media madaniyat bilan bog‘liq jihatlari tahlil qilingan. Ta’lim jarayonini boshqarishda media savodxonlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, raqamli kommunikatsiya va media etikasi masalalari yoritilgan. Shuningdek, ta’lim menejerlarining media madaniyatini rivojlantirish orqali boshqaruv samaradorligini oshirish, pedagogik jarayonni muvofiqlashtirish hamda ta’lim sifatini yaxshilash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim menejerlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda media madaniyat muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.