Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Buxoro viloyati sugʻoriladigan oʻtloqi-allyuvial tuproqlarining meliorativ holati

Dilrabo QodirovaToshkent davlat agrar universiteti b.f.d., professorSa’dulla XurramovToshkent davlat agrar universiteti assistent o‘qituvchi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Buxoro viloyatining Romitan va Buxoro tumanlari sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarining sho‘rlanish darajasi, tuzlar va pH muhitining profil bo‘ylab vertikal taqsimlanishi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tuproq qatlamlarida quruq qoldiq miqdori 0,330% dan 1,495% gacha tebranishi hamda aksariyat kesmalarda sizot suvlarining ta’sirida quyi qatlamlarda tuz to‘planishi kuzatildi. Sho‘rlanish tipi, asosan, natriy-sulfatli va ayrim chuqur qatlamlarda sulfat-xloridli xarakterga ega. Tuproq muhiti reaksiyasi (pH) 7,8–8,5 oraliqda bo‘lib, kuchsiz va mo‘tadil ishqoriy muhitni namoyon etadi. Olingan natijalar hududda meliorativ tadbirlarni to‘g‘ri rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba