Boʻlajak pedagoglarda kreativ va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari
Annotatsiya
Ushbu maqolada innovatsion ta’lim muhitida bo‘lajak pedagoglarning kreativ va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari tahlil qilingan. Kreativ va tanqidiy fikrlash zamonaviy pedagogning muhim kasbiy kompetensiyalaridan biri sifatida baholanib, ularni shakllantirishda muammoli o‘qitish, individual yondashuv, kollaborativ ta’lim, motivatsion qo‘llab-quvvatlash hamda raqamli texnologiyalarning integratsiyasi muhim omil ekanligi asoslangan. Shuningdek, interaktiv metodlar, virtual ta’lim muhiti, keys-stadi, simulyatsiyalar va loyiha faoliyatining talabalarda mustaqil fikrlash hamda innovatsion qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan.
Hali tarjima qilinmagan