Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Kombinatorik yondashuv asosida boʻlajak boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining kasbiy-metodik faoliyatini variativ loyihalashtirish metodikasi

Xusanova Feruza Zoxidjonovnapedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Namangan davlat pedagogika instituti,
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada kombinatorik yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy-metodik faoliyatini variativ loyihalashtirish metodikasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Zamonaviy oliy pedagogik ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy-metodik tayyorgarligi faqat muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi bilan emas, balki turli pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish, ta’lim jarayonining tarkibiy komponentlarini o‘zaro bog‘lash, mavjud metodik imkoniyatlardan muqobil variantlarni hosil qilish va ular asosida optimal pedagogik yechimlarni loyihalashtirish qobiliyati bilan ham belgilanadi. Tadqiqotda kombinatorik yondashuv ta’lim maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllari va baholash usullarining turli kombinatsiyalarini hosil qilish asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-metodik faoliyatini variativ loyihalashtirish vositasi sifatida talqin etilgan. O‘zbekiston, MDH va xorijiy olimlarning kasbiy kompetentlik, faoliyat nazariyasi, rivojlantiruvchi ta’lim, pedagogik loyihalashtirish hamda refleksiv amaliyotga oid ilmiy qarashlari asosida mazkur metodikaning nazariy-metodologik asoslari yoritilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar