QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOTINING MAMLAKAT HUDUDLARI TIZIMIDAGI O‘RNI VA O‘SISH OMILLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Hududlarning iqtisodiy salohiyatini baholashda ularning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi va o‘sish sur’atlari bo‘yicha boshqa hududlar bilan qiyoslanishi muhim ahamiyatga ega. «O‘zbekiston — 2030» strategiyasida va Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks rivojlantirishga oid qarorda hududlar o‘rtasidagi tafovutni qisqartirish vazifalari belgilangan [1; 2]. Biroq so‘nggi tadqiqotlarda viloyatlar o‘rtasidagi iqtisodiy tafovut yuqoriligicha qolayotgani va aholi jon boshiga YaHM bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi ortda qolayotgan hududlar qatorida ekani qayd etilgan [3; 4]. Ushbu tezisda Milliy statistika qo‘mitasining 2026-yil yanvar–iyun oylari bo‘yicha ma’lumotlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasining mamlakat hududlari tizimidagi o‘rni tahlil qilingan [5].