Boʻlajak pedagoglarda texnologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy pedagogik ta’lim sharoitida bo‘lajak pedagoglarning texnologik kompetentligini rivojlantirish muammosi nazariy-metodologik jihatdan tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya sharoitida pedagogning texnologik kompetentligi nafaqat zamonaviy raqamli vositalardan foydalanish ko‘nikmasi, balki pedagogik vazifalarni texnologiyalar vositasida loyihalash, ta’lim resurslarini yaratish va moslashtirish, o‘quv natijalarini raqamli vositalar asosida baholash, axborot xavfsizligi hamda kasbiy faoliyatini refleksiv takomillashtirishni ta’minlovchi integrativ kasbiy sifat sifatida asoslangan. Tadqiqot doirasida bo‘lajak pedagoglarda texnologik kompetentlikni rivojlantirishga ta’sir etuvchi normativ-metodologik, tashkiliy-texnologik, didaktik-metodik, motivatsion-shaxsiy, diagnostik-refleksiv hamda axborot-etik shart-sharoitlar tizimlashtirilgan. Ushbu shart-sharoitlarning mazmuni, ularni amalga oshirish mexanizmlari hamda kutiladigan pedagogik natijalari aniqlashtirilgan. Texnologik kompetentlikni rivojlantirish jarayonini motivatsion, kognitiv, operatsion-faoliyatli, refleksiv-baholovchi va kreativ-loyihalovchi komponentlarning o‘zaro integratsiyasi asosida tashkil etish zarurligi asoslab berilgan.
Hali tarjima qilinmagan