Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

METROLOGIK XIZMATLARNI LIBERALLASHTIRISH VA RAQAMLASHTIRISH SANOAT KORXONALARINING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA

Suleymanova ShoiraXalqaro Nordik Universiteti, “Iqtisodiyot va biznesni boshqarish” kafedrasi dotsentiXusnidabonu AbdujalilovaXalqaro Nordik Universiteti magistri
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada metrologik xizmatlarni liberallashtirish va raqamlashtirishning sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Sanoat korxonalarida o‘lchash vositalarini o‘z vaqtida qiyoslash va kalibrlash mahsulot sifati, ishlab chiqarish xavfsizligi hamda savdo munosabatlaridagi ishonchni ta’minlovchi muhim omil sifatida yoritiladi. Shu bilan birga, metrologik xizmatlar bozorida raqobatning cheklanganligi xizmat ko‘rsatish muddatlarining uzayishi, xarajatlarning ortishi, uskunalarni tashish bilan bog‘liq qo‘shimcha sarflar va ishlab chiqarish jarayonlarining vaqtincha to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkinligi asoslab beriladi. Maqolada metrologik xizmatlar bozorini liberallashtirish, xususiy va akkreditatsiyadan o‘tgan xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar faoliyatini kengaytirish, elektron xizmatlar va raqamli metrologik platformalarni joriy etish orqali korxonalar uchun vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, raqamlashtirish metrologik jarayonlarning shaffofligi, tezkorligi va nazorat qilinishini oshirish bilan birga, sanoat korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlanadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar