Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

FIBRINOZ-YIRINGLI PERITONITNI YANGI YARA QOPLAMALARI YORDAMIDA DAVOLASH USULINI ISHLAB CHIQISH VA SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Farxod Muzafarovich ErgashevUktamjon Nurmamatovich TurakulovAkademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent, O‘zbekiston; Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Toshkent, O‘zbekistonRustam Abrarovich SadikovAkademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent, O‘zbekiston; Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Toshkent, O‘zbekistonMardonov Jamshid NormurotovichAkademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent, O‘zbekiston; Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Toshkent, O‘zbekiston
2026uz
ABI

Annotatsiya

Fibrinoz-yiringli peritonitda mahalliy yallig‘lanishni kamaytirish va to‘qimalar tiklanishini jadallashtirish muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda levofloksatsin, kukumazin va natriy karboksimetilselluloza asosidagi LKNK kompozit gelining samaradorligi 72 ta oq kalamushda baholandi. Nazorat guruhida an’anaviy davolash o‘tkazildi, tajriba guruhida qorin bo‘shlig‘i sanatsiyasidan keyin gel qo‘llanildi. Baholash 3, 7, 14 va 21-sutkalarda bajarildi. Tajriba guruhida epitelizatsiya muddati 8-10 sutkagacha qisqardi, fibroz maydoni va hujayraviy infiltratsiya zichligi kamaydi. Natijalar gelning yallig‘lanish reaksiyasini susaytirish va reparatsiyani qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini ko‘rsatdi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar