GREK YONG‘OG‘IDAN EKOLOGIK TOZA MOY AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada grek yong‘og‘idan ekologik toza, yuqori sifatli o‘simlik moyini ajratib olish texnologiyasi kompleks tarzda o‘rganilgan. Tadqiqot davomida xom ashyo sifatida grek yong‘og‘ining kimyoviy tarkibi, yog‘ miqdori va sifat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Sovuq presslash, issiq presslash va ekstraksiya usullari o‘zaro taqqoslandi hamda ekologik xavfsiz texnologiya sifatida sovuq presslash usulining ustunliklari asoslab berildi. Olingan natijalar asosida moyning organoleptik, fizik-kimyoviy va biologik faol xususiyatlari baholandi. Tadqiqot natijalari ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.