Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

UZCORPORA.UZ – O'ZBEK TILI MULTIKORPUSI UCHUN YARATILGAN DASTURIY TA'MINOT VA UNING LINGVISTIK MA'LUMOTLARI BAZALARI

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Koʻp tarmoqli ma’lumotlar bazasiga ega uzcorpora.uz – O‘zbek tili multikorpusi (http://uzcorpora.uz/) yordamida o‘zbek tilining turli davr, uslub, janr va kommunikativ qatlamlariga oid katta hajmdagi matnlarni yig‘ish, saqlash, avtomatik qayta ishlash, lingvistik annotatsiyalash, qidirish, statistik tahlil qilish va ilmiy tadqiqotlarda foydalanish uchun ishlab chiqilgan dasturiy tizim hamda lingvistik ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Tizim o‘zbek tilining turli funksional qatlamlarini qamrab oluvchi 20 turdagi subkorpus bazasi asosida shakllantirilgan, shu bois multikorpus deb nomlanadi, ular o‘zaro integratsiyalashgan arxitektura tamoyili asosida ishlaydi. Ushbu subkorpuslar tarkibiga badiiy matnlar, publitsistik matnlar, ilmiy uslub matnlari, rasmiy-ish yuritish hujjatlari, ta’lim matnlari, diniy matnlar, tarixiy matnlar, dialektal materiallar, og‘zaki nutq namunalar, mualliflik korpuslari, terminologik matnlar va boshqa maxsus til qatlamlari kiradi. Bunday ko‘p qatlamli tuzilma o‘zbek tilining sinxron va diaxron holatini qiyosiy o‘rganish imkonini beradi. Mazkur tadqiqotda NLP vazifalarini amalga oshirishda, xususan, savol-javob chat-botlari, avtomatik semantik tahlil tizimlari, avtomatik tarjima, axborot qidiruvini optimallashtirish, sentiment tahlilni amalga oshirish, morfologik matn tahlilini amalga oshirishda muhim xom-ashyo boʻlishda zarur dasturiy tizim hisoblanmish oʻzbek tili multikorpusining dasturiy ta’minotlari haqida yozilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba