Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON SAVDONING RIVOJLANISHI

Dilnoza AbdulatifovaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Turizm fakulteti, Savdo ishi yo‘nalishi, 2-bosqich talabasi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekistonda elektron tijoratning rivojlanish dinamikasi, uni rivojlantiruvchi omillar va mavjud institutsional muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqot Milliy statistika qo‘mitasining SIAT tizimidagi 2016–2025-yillarga oid ma’lumotlari, elektron tijoratni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari, onlayn savdo platformalari reytingi hamda xalqaro metodologik manbalarga asoslanadi. Tavsifiy-statistik tahlil natijalariga ko‘ra, elektron tijorat savdo hajmi nominal qiymatda 2016-yildagi 6,0 mlrd so‘mdan 2025-yilda 31 551,9 mlrd so‘mga yetgan. 2025-yilda ko‘rsatkichning 2024-yilga nisbatan nominal o‘sishi 107,4 foizni tashkil etgan. Shu bilan birga, nominal ko‘rsatkichlar narxlar o‘zgarishi va statistik qamrov omillaridan ajratilgan holda real o‘sishni to‘liq ifodalamaydi. Maqolada statistik ma’lumotlarning shaffofligini oshirish, logistika infratuzilmasini rivojlantirish, iste’molchilar ishonchini mustahkamlash va kichik biznesning raqamli ko‘nikmalarini kengaytirishga doir takliflar ishlab chiqilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar