Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

TIJORAT BANKLARI RESURS BAZASI TARKIBIDAGI O‘ZGARISHLAR VA FOIZ SPREDINING SAMARADORLIKKA TA’SIRI

Asqar AbsamatovToshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi
2026
ABI

Annotatsiya

Tadqiqotda O‘zbekiston tijorat banklari resurs bazasining 2019–2025-yillardagi tarkibiy transformatsiyasi hamda ushbu jarayonlarning foiz spredi va foiz marjasiga ta’siri O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy statistik ma’lumotlari asosida tahlil qilingan. Natijalar bank majburiyatlari tarkibida depozitlarning ulushi 41,1 foizdan 52,9 foizga oshganini, olingan kreditlar va lizingning ulushi esa 47,5 foizdan 31,4 foizgacha qisqarganini ko‘rsatadi. Chet el valyutasidagi depozitlar ulushi 43,9 foizdan 20,9 foizga kamaygan, muddatli depozitlar ulushi esa 55,8 foizga yetgan. Shu bilan birga, resurslarning o‘rtacha qiymati oshib borgan: 2020–2025-yillarda foizli xarajatlarning foizli daromadlarga nisbati 62,1 foizdan 70,2 foizga ko‘tarilgan, milliy valyutadagi kreditlar va muddatli depozitlar stavkalari o‘rtasidagi spred esa 7,4 foiz punktidan 3,7 foiz punktigacha qisqargan. Olingan natijalar asosida banklar resurs bazasining barqarorligini kuchaytirish, uning qiymatini maqbullashtirish va aktiv-passivlar tarkibidagi nomuvofiqliklarni kamaytirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar