ORGANIK, MINERAL OʻGʻITLAR VA “GlitsBUT” FITOSTIMULYATOR PREPARATIDAN FOYDALANISHNING TUPROQ TARKIBIGA TAʼSIRI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda Oʻzbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitida anor (Punica granatum L.) yetishtiriladigan yer maydonlarida organik va mineral oʻgʻitlar hamda “Mikromak” va “GlitsBUT” preparatlarini qoʻllashning tuproqning ayrim fizik-kimyoviy xususiyatlariga taʼsiri oʻrganildi. Tajribada organik oʻgʻit, mineral oʻgʻitlar kompleksi, organik va mineral oʻgʻitlarni birgalikda qoʻllash, “Mikromak” hamda “GlitsBUT” preparatlari taʼsirida tuproqning pH koʻrsatkichi, elektr oʻtkazuvchanligi (EC), organik uglerod miqdori va muhim mineral elementlar konsentratsiyasi tahlil qilindi. Natijalarga koʻra, qoʻllanilgan variantlar tuproqning fizik-kimyoviy koʻrsatkichlarini turli darajada oʻzgartirishi aniqlandi. Ayniqsa, organik va mineral oʻgʻitlarni kompleks qoʻllash tuproqda organik uglerod miqdori hamda oʻsimliklar oziqlanishi uchun muhim boʻlgan mineral elementlar konsentratsiyasining oshishiga samarali taʼsir koʻrsatdi. Olingan natijalar shoʻrlanishga moyil hududlarda anorzorlar tuproq unumdorligini saqlash va yaxshilash, ozuqa elementlari rejimini optimallashtirish hamda regenerativ qishloq xoʻjaligi tamoyillarini amaliyotga joriy etishda organik va mineral oʻgʻitlardan kompleks foydalanish istiqbolli ekanligini koʻrsatadi.