TIJORAT BANKLARIDA KREDITLASH AMALIYOTI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BOSQICHLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida kreditlash amaliyoti samaradorligi 2023-2025-yillar ma’lumotlari asosida tahlil qilingan va uni oshirishning bosqichma-bosqich modeli taklif etilgan. Hisob-kitoblar kreditlar bo‘yicha foizli marja 6,7–6,8 foiz darajasida barqaror bo‘lgan holda risk xarajati 4,03–5,16 foiz oralig‘ida o‘zgarganini va kredit zaxiralari sof foizli daromadning 60–76 foizini yutib yuborganini ko‘rsatdi. Kreditlash samaradorligini oshirish diagnostika, kredit siyosati, mijozni baholash, riskka asoslangan narxlash, monitoring va natijalarni baholashdan iborat oltita bosqich hamda har bir bosqich uchun samaradorlik mezonlari asosida tashkil etilishi asoslangan.
Hali tarjima qilinmagan