ANTIK DAVRDA SUĞD ŞAHARSOZLIGI TARIXI: YOZMA VA ARXEOLOGIK MANBALARNING QIYOSIY TAHLILI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada miloddan avvalgi VI asrning oxiridan – milodiy IV asrgacha bo‘lgan davrda Sug‘d shaharsozligini o‘rganishning manbashunoslik asoslari yozma, epigrafik, numizmatik va arxeologik materiallarni qiyoslash orqali tahlil etilgan. «Avesto», axomaniylar bitiklari, Gerodot, Arrian, Kvint Kursiy Ruf, Strabon va Ptolemeylarning ma’lumotlari keltirilgan. Ko‘ktepa, Afrosiyob, Yerqo‘rg‘on va Uzunqir shaharlari misolida fortifikatsiya, rejaviy tuzilish, stratigrafiya va sug‘orish tizimlari bo‘yicha dalillar taqqoslangan. Nautaka lokalizatsiyasi, Afrosiyobning shakllanishi va Darg‘om kanalining xronologiyasiga oid qarashlar alohida muhokama qilingan. Tadqiqot manbalarning daliliy ahamiyati baholashga asoslangan yondashuv, yozma ma’lumotlarni arxeologik yodgorlik bilan tenglashtirish va shahar maydonini aholi zichligi bilan belgilash kabi metodik xatolardan ehtiyot bo‘lish zarurligi asoslangan.