OLIY TAʼLIMDA LABORATORIYA MASHGʻULOTLARINI SUNʼIY INTELLEKT ASOSIDA TASHKIL ETISH: XALQARO TAJRIBA VA METODIKANI TAKOMILLASHTIRISH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada oliy taʼlimda laboratoriya mashgʻulotlarini sunʼiy intellekt (SI) asosida tashkil etish boʻyicha soʻnggi besh yildagi xalqaro tajriba tahlil qilingan. Sakkizta xalqaro manba (sistematik sharhlar, meta-tahlil, kvazi-eksperiment, talaba muloqotlarini tahlil qilish, pilot tadqiqot va UNESCO qoʻllanmasi) maqsadi, metodikasi va yoʻnalishi boʻyicha solishtirilgan. Tahlil shuni koʻrsatdiki, ishlarning aksariyati virtual yoki masofaviy laboratoriyaga hamda talabaga yordam beruvchi SI yordamchisiga bagʻishlangan, jismoniy laboratoriyani davomatdan jihozni qay-tarishgacha yaxlit tashkil etish masalasi esa kam oʻrganilgan. Shu boʻshliqni toʻldirish uchun NFC orqali davomat, aqlli jihozlar shkafi, uch tilli ovozli tanlash va jurnal yuritishga asoslangan metodika taklif etilgan. Cheklovlar (oʻzbek tilida ovozni tanish aniqligi, shaxsiy maʼlumotlar himoyasi, SI ga haddan ortiq tayanish) va tajriba rejasi koʻrsatilgan.