SOLIQ QARZDORLIGINI KAMAYTIRISHDA ELEKTR ENERGIYASI BILLING TIZIMI BILAN INTEGRATSIYALASHGAN AVTOMATLASHTIRILGAN UNDIRISH MEXANIZMLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur tezisda soliq qarzdorligini kamaytirishda elektr energiyasi billing tizimi bilan integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan undirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tadqiq etiladi. Soliq majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilmasligi budjet daromadlarining barqaror shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda soliq qarzdorligini undirish jarayonlarida qo‘shimcha ma’muriy xarajatlarni yuzaga keltirishi asoslab beriladi. Tadqiqotda soliq organlari axborot tizimlari va elektr energiyasi billing tizimi o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish orqali qarzdor soliq to‘lovchilarni aniqlash, ularning to‘lov intizomini monitoring qilish va qarzdorlikni undirish jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, soliq qarzdorligi to‘g‘risida avtomatik xabardor qilish, ma’lumotlarni o‘zaro solishtirish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda undirish choralarini qo‘llashga asoslangan integratsiyalashgan mexanizmni takomillashtirish yo‘nalishlari taklif etiladi. Mazkur yondashuv soliq ma’muriyatchiligida inson omilini kamaytirish, qarzdorlikni aniqlash va undirish jarayonlarining tezkorligini oshirish, soliq tushumlarining barqarorligini ta’minlash hamda budjet daromadlarini boshqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi mumkin.