Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

FRAZEOLOGIK VA PAREMIOLOGIK BIRLIKLARDA SAMIMIYLIK KONSEPTI

Ro’zmatova Muxlisa Davlat qiziO‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti, tayanch doktorant, 2-kurs
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi frazeologik va paremiologik birliklarda samimiylik konseptining lisoniy ifodalanishi lingvokulturologik va kognitiv-semantik yondashuv asosida tahlil qilinadi. «Samimiylik» tushunchasining ilmiy talqini, «samimiy» leksemasining etimologik va semantik xususiyatlari yoritilib, konseptning o‘zagini «ko‘ngil», «dil», «yurak» kabi somatik obrazlar tashkil etishi ko‘rsatiladi. Ibora va maqollar ichki holat bilan tashqi ifoda muvofiqligi, ko‘ngil tozaligi, yaqinlik va iliqlik, mehmondo‘stlik hamda ikkiyuzlamachilikni qoralash kabi mazmuniy guruhlarga ajratib o‘rganiladi. Shuningdek, ingliz, rus va turk tillaridan olingan ayrim parallellar konseptning umumbashariy asoslarini uning milliy-madaniy o‘ziga xosligidan farqlashga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalaridan frazeologiya, paremiologiya va lingvokulturologiyada, tarjima hamda o‘zbek tilini chet tili sifatida o‘qitish amaliyotida foydalanish mumkin.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar