Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

BANK XIZMATLARINI RAQAMLASHTIRISH VA XIZMAT KO‘RSATISH TARMOG‘I O‘ZGARISHINING TIJORAT BANKLARI OPERATSION SAMARADORLIGIGA TA’SIRI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Tadqiqotda O‘zbekiston tijorat banklarida xizmat ko‘rsatish tarmog‘i va raqamli kanallarning 2019–2025-yillardagi rivojlanish dinamikasi hamda ushbu jarayonlarning operatsion samaradorlikka ta’siri O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy statistik ma’lumotlari asosida tahlil qilingan. Natijalar masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 8,2 baravar, to‘lov terminallari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar nominal qiymatda 6,5 baravar oshganini, bank filiallari soni esa 850 tadan 288 tagacha qisqarganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, operatsion xarajatlarning o‘rtacha aktivlarga nisbati 2020-yildagi 2,58 foizdan 2025-yilda 3,59 foizgacha ko‘tarilgan, ya’ni raqamlashtirishning jadal kengayishi hozircha aktivlar birligiga to‘g‘ri keladigan operatsion xarajatlarni kamaytirishga olib kelmagan. Operatsion xarajatlarning yalpi daromadga nisbati 31,5 foizdan 27,2 foizgacha pasaygan bo‘lsa-da, ushbu natija, asosan, 2022-yilda tijorat operatsiyalaridan olingan foydaning keskin oshishi bilan bog‘liq. Mazkur daromad komponenti hisobga olinmaganda ko‘rsatkich 32,2 foizdan 34,2 foizgacha oshgan. Xorijiy banklar tajribasi bilan qiyosiy tahlil asosida raqamlashtirishni xarajatlar samaradorligini oshiruvchi omilga aylantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar