Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Bo'lajak chet tili o'qituvchilarini tayyorlashda sun'iy intellekt vositalari asosida moslashtirish mezonlari

Kulijanov UmidYangi Asr University
2026
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Sun’iy intellekt vositalari til ta’limiga tez kirib kelmoqda, biroq bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini tayyorlashda ular ko‘pincha metodik asosdan ko‘ra yangiligi yoki ommalashganiga ko‘ra tanlanadi. Maqsad – xorijiy metodik tajribani tanlash va milliy ta’lim sharoitiga moslashtirish mantig‘ini sun’iy intellekt vositalariga tatbiq etib, ularni tanlash va moslashtirish mezonlarini asoslash. Til ta’limida sun’iy intellektdan foydalanishga oid xalqaro tadqiqotlar, YuNESKO tavsiyalari va milliy me’yoriy hujjatlar nazariy tahlil qilindi; vositalarning tipik turlari mezonlar asosida qiyosiy baholandi. Tahlil birligi sifatida vositaning nomi emas, u bajaradigan metodik funksiya olindi; olti tanlash va yetti moslashtirish mezoni sun’iy intellekt vositalariga nisbatan talqin qilindi; besh turdagi vosita uchun til mexanizmi, kasbiy-pedagogik funksiya, xatarlar va moslashtirish shartlari matritsasi tuzildi. Sun’iy intellekt vositasi muayyan ko‘nikma mexanizmiga mos kelsa va uning natijasi bo‘lajak o‘qituvchining didaktik qarori obyektiga aylansa, metodik jihatdan asoslangan hisoblanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba