D. ajacis L. oʻsimligi moyini surunkali yuborilganda tajriba hayvonlari tana vazniga ta’sirini baholash. 1,2Sanoyev Z.I., 1,2Umarxodjayeva G.M., 2Abdinazarov I.T., 3Isakova A.V.
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Dolzarbligi. O’zida ko’plab ozuqaviy qiymatga ega mahsulotlar saqlovchi moddalar, dorivor shifobaxsh o’simliklar va boshqa tabiiy manbalarda mavjud bo‘lgan biofaol birikmalar o’z navbatida tabiiy kimyoviy moddalar sifatida salomatlikka ta’sir etish va kasalliklarga qarshi kurashish salohiyati tufayli katta e’tibor qozondi. Metabolizm va ozuqa qiymatiga ega bo’lgan bo‘lgan makro- va mikronutrientlardan farqli o‘laroq, biofaol birikmalar organizm umumiy tonusini yaxshilaydigan va turli kasalliklarning oldini oladigan yoki yengillashtiradigan afzalliklarga ega bo’ladi [1,2]. Shu munosabat bilan, biofaol birikmalar antioksidant, yallig‘lanishga qarshi, mikroblarga qarshi va immunomodullovchi kabi bir nechta biologik xususiyatlarga ega. Ular odatda uzoq vaqt mobaynida qo’llaniladi va aynan shu sababli ularning yuqori faolligi bilan uzviy ravishda organizm a’zo va tizimlari uchun bezarar bo’lishi talab etiladi. Taqdim etilgan tadqiqot ishining asosiy maqsadi o’zida ko’plab biologic faollikla
Hali tarjima qilinmagan