XALQARO TADQIQOTLAR VA KREATIVLIK: BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA TA’LIMIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada TIMSS va PISA xalqaro baholash dasturlari talablaridan kelib chiqqan holda boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilar kreativligini rivojlantirishning ahamiyati, nazariy asoslari va amaliy mexanizmlari tahlil qilingan. TIMSS kognitiv sohalari (bilish, qo‘llash, mulohaza yuritish) va kreativlik ko‘rsatkichlari (ravonlik, moslashuvchanlik, originallik, ishlab chiqilganlik) o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib berilgan. Singapur, Finlyandiya va Yaponiya tajribalari asosida hayotiy kontekstli, muammoli va ko‘p yechimli topshiriqlardan foydalanish yo‘llari, shuningdek, xalqaro tadqiqotlar formatidagi namunaviy topshiriqlar va ularni kreativ yondashuv asosida yechish usullari taklif etilgan.
Hali tarjima qilinmagan