Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

TURLI YORUG'LIK INTENSIVLIGIDA SINTEZ QILINGAN Cu-MODIFIKATSIYALANGAN ZnO NANOMATERIALLARINING FOTOKATALITIK XOSSALARI

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Sanoat oqova suvlarining organik bo‘yoqlar bilan ifloslanishi ularning yuqori kimyoviy barqarorligi va tabiiy sharoitlarda sekin parchalanishi sababli dolzarb ekologik muammolardan biridir. Yarimo‘tkazgichli geterogen fotokataliz organik ifloslantiruvchilarni reaktiv kislorod zarrachalari ishtirokida oksidlovchi parchalanishga uchratish imkonini beradigan istiqbolli usullardan hisoblanadi. ZnO nisbatan arzonligi, kimyoviy barqarorligi va yuqori fotosensitivligi bilan ajralib turadi, biroq keng taqiqlangan zona hamda fotogeneratsiyalangan elektron-kovak juftlarining tez rekombinatsiyasi uning ko‘rinadigan yorug‘likdagi faolligini cheklaydi. Mazkur ishda fotokimyoviy sintez jarayonidagi yorug‘lik intensivligining (100, 200, 300 va 400 mW/cm²) Cu-modifikatsiyalangan ZnO nanomateriallarining tuzilishi va fotokatalitik xossalariga ta’siri o‘rganildi. Namunalar XRD, XRF va SEM-EDS usullarida tekshirildi. XRD natijalariga ko‘ra, ZnO ning geksagonal vyurtsit kristall tuzilishi saqlanib qoldi, Cu, Cu₂O yoki CuO ga tegishli alohida fazalar aniqlanmadi; (101) refleks 36.2545° dan 36.2377° gacha siljidi va panjara parametrlari biroz ortdi. XRF spektrida ~8.055 keV da Cu Kα chizig‘i paydo bo‘ldi, EDS tahlilida 1.9 mass.% Cu aniqlandi. Metilen ko‘ki (MB) ning ko‘rinadigan yorug‘lik ostida 60 min davomida parchalanish darajasi 100, 200, 300 va 400 mW/cm² namunalari uchun mos ravishda 87.12, 89.78, 83.94 va 83.46% ni tashkil etdi; jarayon pseudo-birinchi tartibli kinetikaga bo‘ysundi (k_app = 0.03436, 0.03664, 0.03123 va 0.02867 min⁻¹). Eng yuqori faollik 200 mW/cm² da sintez qilingan namunada kuzatildi. Natijalar fotokimyoviy sintezda yorug‘lik intensivligi Cu-modifikatsiyalangan ZnO ning strukturaviy nuqsonlari va faol markazlarini boshqaruvchi muhim texnologik parametr ekanligini ko‘rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba