Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

FRAKTAL SIRTLARNI QURISH ALGORITMLAR

Saodat IsmailovaTashkent University of Information TechnologyShahzoda Anarova
2025uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqola fraktal sirtlarni modellashtirish va vizuallashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Asosiy e’tibor fraktal geometriyaning nazariy asoslari hamda real yuzalarning fraktal xususiyatlariga qaratilgan. Maqolada fraktal sirtlarni generatsiya qilishda keng qo‘llaniladigan uchta algoritm – “Uchburchak bo‘lish” algoritmi (Triangle Division), “Olmos-kvadrat” (Diamond-Square) algoritmi va “Furye transformatsiyasi” (Fourier Transform) algoritmi ko‘rib chiqilgan. Ushbu algoritmlar iterativ jarayonlar va chastota sohasida transformatsiya orqali tabiiy sirtlarga yaqin bo‘lgan modellarni qurishga imkon beradi. Har bir algoritmning ishlash mexanizmi, afzalliklari va kamchiliklari taqqoslash tahlil qilinadi. Bundan tashqari, dag‘al va silliq yuzalarning shakllanishiga ta’sir qiluvchi dag‘allik parametri (roughness parameter) ham ilmiy jihatdan o‘rganilgan. Maqolada, shuningdek, eroziya jarayonini modellashtirish, interpolatsiya va ko‘paytirish usullari yordamida sirtlarning realizmini oshirish imkoniyatlari muhokama qilingan. Olingan natijalar kompyuter grafikasi, arxitektura, dizayn va geoinformatika sohalarida amaliy qo‘llanilishi mumkinligi bilan ahamiyatlidir.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba