NEONATAL GIPERBILIRUBINEMIYA RIVOJLANISHINING ONA VA BOLA BILAN BOG‘LIQ XAVF OMILLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu tezisda neonatal giperbilirubinemiya rivojlanishining ona va chaqaloq bilan bog‘liq xavf omillari hamda ularning klinik ahamiyati yoritiladi. Ona bilan bog‘liq omillar doirasida qandli diabet, ona va homila qon guruhlari yoki rezus omilining nomutanosibligi natijasida yuzaga keladigan immun gemolizga e’tibor qaratiladi. Chaqaloqqa oid omillar sifatida muddatidan oldin tug‘ilish, bilirubin almashinuvida ishtirok etuvchi ferment tizimlarining yetilmaganligi, gemolitik holatlar, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi, tug‘ruq jarohatlari va yetarli oziqlanmaslik ko‘rib chiqiladi. Xavf omillarining o‘zaro ta’sirini baholash, sariqlikni erta aniqlash va individual kuzatuvni tashkil etishning ahamiyati ta’kidlanadi. Mazkur yondashuv og‘ir giperbilirubinemiya va bilirubinning neyrotoksik ta’siri bilan bog‘liq asoratlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Hali tarjima qilinmagan