PUL-KREDIT VA FISKAL SIYOSATLARINING MUVOFIQLASHTIRILISHI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
2017-2026 yillarda O‘zbekistonda pul-kredit va fiskal siyosat bir yo‘nalishda ishlagan davrlar bilan bir-biriga qarama-qarshi ta’sir qilgan davrlar almashgan: inflyatsiya 2019-yildagi 15,2 foizdan 2025-yilda 7,3 foizgacha tushdi, konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi 2023-yildagi YaIMning 5,5 foizidan 2025-yilda 2,1 foizgacha qisqardi, ammo davlat qarzi 2019–2025 yillarda 17,8 mlrd dollardan 46,85 mlrd dollargacha, ya’ni 2,6 baravar oshdi. Maqolada Markaziy bank (MB) asosiy stavkasi, inflyatsiya, byudjet taqchilligi va davlat qarzi dinamikasi yillar kesimida solishtirilib, siyosat aralashmasi (policy mix) baholanadi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, 2023-yildagi fiskal kengayish inflyatsion bosimni kuchaytirgan, 2024–2025 yillardagi fiskal konsolidatsiya esa MB ning qat’iy pul-kredit siyosatini (asosiy stavka 14 foiz, haqiqiy stavka 6–7 foiz atrofida) qo‘llab-quvvatlagan. Qarz xizmati xarajatlarining tez o‘sishi (2025-yilda 18,1 trln so‘m, 24,7 foiz o‘sish) kelgusida fiskal dominantlik xavfini oshiradi. Maqola oxirida muvofiqlashtirishni mustahkamlash bo‘yicha takliflar beriladi.