Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

GRANULLANGAN KO'PIKSHISHA ASOSIDAGI YENGIL G'OVAK BETONNING TARKIBI, MIKROTUZILISHI VA DEVORBOP XOSSALARI

R. AuezbaevToshkent davlat transport universiteti
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada quruq aralashma asosida tayyorlangan g‘ovak to‘ldiruvchili yengil betonlarning tarkibi, tuzilishi va devorbop xossalari tahlil qilingan. Keramzit, granullangan ko‘pikshisha hamda ko‘pirtirilgan polistirol granulalarining suv shimuvchanligi, aralashtirish davomiyligi, mustahkamlik va namlik kirishishiga ta’siri baholandi. Tekshirilgan uyma hajmlar ichida 0,8 m³/m³ tanlandi. Ko‘pikshishali qorishmalar uchun 500 ayl/min chastotada 2 minut aralashtirish samarali bo‘ldi. 0–5 mm fraksiyali ko‘pikshisha asosidagi D500 tarkibning 28 sutkalik siqilishdagi mustahkamligi 3,91–4,49 MPa, egilishdagi mustahkamligi 1,33 MPa, kirishishi 1,38 mm/m va sovuqqa chidamliligi F50 ni tashkil etdi. Ushbu tarkibdan 600×300×200 mm o‘lchamdagi 500 dona tajriba- sanoat bloki tayyorlandi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba