OROL DENGIZINING QURIGAN TUBIDAGI GALOFIT OʻSIMLIKLAR VA ULARNING FITOMELIORATSIYADAGI AHAMIYATI
Annotatsiya
Maqolada Orol dengizining qurigan tubi (Orolqum choʻli) florasi va galofit oʻsimliklari hamda ulardan fitomelioratsiyada foydalanish tajribasi haqida e'lon qilingan ma'lumotlar umumlashtirilgan. Qurigan tubning janubiy qismi florasida (216 tur) shoʻradoshlar oilasi yetakchi oʻrin tutishi koʻrsatilgan. Meliorant oʻsimliklar assortimenti, ularning shamol tezligi, qum va tuzlar koʻchishiga ta'siri, shuningdek, oʻrmon melioratsiyasi ishlarining koʻlami va muammolari koʻrib chiqilgan. Turlarni tuproq-gruntlarning oʻrmonbopligini hisobga olgan holda tanlash zarurligi haqida xulosa qilingan.«Janubiy Orolbo'yi tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Nukus, 20–21-noyabr 2026. B. 566-570.