YANGI O‘ZBEKISTONDA MAKTAB TA’LIMINI MODERNIZATSIYA QILISH: AN’ANAVIY YONDASHUVLAR VA ZAMONAVIY TA’LIM MODELI INTEGRATSIYASI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonining asosiy yo‘nalishlari, mazmunan o‘zgarishlari va rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda maktablar, o‘quvchilar va pedagoglar soniga oid statistik ko‘rsatkichlar, ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda xalqaro baholash dasturlari natijalaridan foydalaniladi. An’anaviy pedagogik yondashuvlar bilan kompetensiyaga asoslangan ta’lim, yangi avlod darsliklari va raqamli texnologiyalar integratsiyasining imkoniyatlari hamda muammolari yoritiladi. Shuningdek, ta’lim sifatini baholashda xalqaro natijalarni talqin qilishning metodologik jihatlari va o‘quvchilarda yuqori darajadagi bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari maktab ta’limini modernizatsiya qilishda miqdoriy o‘sish bilan bir qatorda ta’lim mazmuni, pedagogik faoliyat va o‘quv natijalari sifatini takomillashtirish zarurligini asoslashga xizmat qiladi.