Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

KO‘CHIMLARNING MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI VA ULARNING BADIIY TARJIMADA QAYTA IFODALANISHI

Laylo Zulfidinovna HamroyevaBuxoro davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Tezisda badiiy ko‘chimlarning milliy-madaniy xususiyatlari va ularning tarjimada qayta ifodalanishi sxemata nazariyasi asosida tahlil qilinadi. D. Rumelhartning kognitiv sxemalar haqidagi yondashuvi, H. Nishidaning madaniy sxemalarga oid qarashlari hamda tarjimashunoslikdagi nazariy tadqiqotlarga tayanib, obrazli ifodalarning semantik va madaniy komponentlari o‘rganiladi. Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romani va uning rus hamda ingliz tillaridagi tarjimalaridan tanlangan misollar qiyosiy-kontekstual va semantik tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor tabiat obrazlari, ijtimoiy mavqeni bildiruvchi ko‘chimlar, geografik tasavvurlar va tarixiy-madaniy nomlarning tarjimada saqlanishi yoki o‘zgarishiga qaratiladi. Natijalar obrazning asosiy mazmuni saqlangan hollarda ham ayrim madaniy va assotsiativ xususiyatlar o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar