BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL TA’LIM FAOLLIGINI KREATIV YONDASHUV ASOSIDA OSHIRISH METODIKASI (TEXNOLOGIYA FANI MISOLIDA)
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil ta’lim faolligini Texnologiya fani misolida kreativ yondashuv asosida oshirish metodikasining nazariy asoslari yoritilgan. O‘z-o‘zini boshqaradigan ta’lim, o‘z-o‘zini belgilash, yaqin rivojlanish zonasi va ijodiy tafakkurga oid nazariyalar qiyosiy tahlil qilingan. Mustaqil ta’lim faolligining motivatsion, tashkiliy-regulyativ, operatsion-texnologik, kreativ va refleksiv komponentlari ajratilgan. Mustaqillikni bosqichma-bosqich oshirishning to‘rt bosqichli modeli “Doiralardan jonivorlar yasaymiz” mavzusi misolida ko‘rsatilgan, oltita turdagi kreativ topshiriqlar, mustaqil faoliyatni tashkil etish vositalari va baholash mezonlari taklif etilgan.
Hali tarjima qilinmagan