DEMOKRATIK JAMIYAT RIVOJIDA TINCHLIK VA BARQARORLIK KATEGORIYALARINING SOTSIOKREATIV XUSUSIYATLARI
Inomjon Raximovich Ergashevhttps://orcid.org/0009-0008-1880-9103, Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
2026
Ochiq kirishGibrid
Litsenziya: cc-by
ABI
Annotatsiya
Maqolada tinchlik va barqarorlik kategoriyalarining sotsiokreativ, ya’ni ijtimoiy yangilanish va bunyodkorlikni rag‘batlantiruvchi xususiyatlari ijtimoiy-falsafiy tahlil qilingan. Tinchlik va barqarorlik o‘z-o‘zidan sotsiokreativ xususiyat kasb etmasligi, ular ijtimoiy-siyosiy muvozanat, millatlararo totuvlik, inson huquq va erkinliklarining ta’minlanishi hamda fuqarolarning demokratik jarayonlarga jalb etilishi kabi omillar ta’sirida bunyodkor kuchga aylanishi asoslangan. Barqarorlikning makro, mezo va mikro darajalari ajratilib, ularning O‘zbekistondagi demokratik islohotlar bilan aloqadorligi ochib berilgan.
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos2 ta foydalanilgan manba