Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Nazar Eshonqul ijodida davr ruhi va qahramon ongining badiiy sintezi

2026uz
ABI

Annotatsiya

Tezisda Nazar Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam”, “Shamolni tutib bo‘lmaydi” va “Tobut” hikoyalari asosida tarixiy muhit bilan qahramon ongining badiiy aloqadorligi o‘rganiladi. Tadqiqotning maqsadi davrga xos ijtimoiy tajriba ruhiy kechinma va obraz tuzilishiga qanday ko‘chishini aniqlashdir. Yaqindan o‘qish, qiyosiy-tipologik hamda narratologik tahlil usullari qo‘llanadi. Xronotop, fokalizatsiya va madaniy xotira tushunchalari metodologik tayanch vazifasini bajaradi. Ishning tahliliy yangiligi davr va ong munosabatini tarixiy bosim, ruhiy qayta ishlash hamda ramziy ifoda o‘rtasidagi izchil bog‘lanish sifatida tavsiflashda ko‘rinadi. Tahlil natijalari ushbu bog‘lanishni faqat qahramonning fikrlaridan izlash yetarli emasligini, uni kompozitsiya, makon va rivoya nuqtayi nazari bilan birgalikda o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi. Taklif etilgan yondashuv zamonaviy nasrdagi tarix va shaxs munosabatini talqin qilishga xizmat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar