EKSTRAKTSION FOSFOR KISLOTASINI TRIBUTILFOSFAT YORDAMIDA TOZALASH
Annotatsiya
Ozuqaviy fosfatlar ishlab chiqarish uchun mos xom ashyo bo'lib termik fosfor kislotasi (TFK) hisoblanadi, u butun dunyoda oziq-ovqat fosfor kislotalari, texnik va oziq-ovqat fosfatlari olish uchun ishlatiladi. Dunyodagi oziq-ovqat fosfor kislotalarining eng yirik ishlab chiqaruvchilari Prayon (Belgiya), Thermphos (Niderlandiya), PCS (AQSh), Rhodia (Fransiya), Rotem va Haifa Chemicals (Isroil), odatda ularni olish uchun TFK ishlatiladi. TFK ekstraksion fosfor kislotasi (EFK) ga qaraganda ancha toza, ammo uni ishlab chiqarish jarayonida juda ko’p energiya talab qiladi va qimmatga tushadi. Ma'lumki, TFK ishlab chiqarishda EFKga qaraganda 13 baravar ko'p energiya sarflanadi. Qolaversa, O‘zbekistonda TFK mavjud emas. Unga bo'lgan talabni esa xorijidan import qilish hisobiga qondiriladi.