Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

O'zbek va ingliz kollokatsiyalari tarjimasida grammatik transpozitsiya va pragmatik qayta taqsimlanish

Haydar HamdamovUniversity of Information Technologies and Management (Axborot texnologiyalari va menejment universiteti), Qarshi, Uzbekistan
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada inglizcha kollokatsiyalarning o'zbek tilida qayta voqelanishida grammatik transpozitsiya va pragmatik ma'noning kontekst bo'ylab qayta taqsimlanishi tahlil qilingan. Material Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining inglizcha va o'zbekcha matnlari, Ernest Xemingueyning "Yomg'irda qolgan mushuk" hamda "Dahshatli kutish" hikoyalari va ularning e'lon qilingan o'zbekcha tarjimalaridan tuzilgan maqsadli parallel mikrokorpusdan olingan. Tahlilda manba birlikning semantik invarianti, mahsul tildagi kollokatsion tabiiyligi, grammatik ramkasi, matndagi funksiyasi, registri va diskurs izchilligi birgalikda tekshirilgan. Natijalar inglizcha fe'l-ot va predlogli modellar o'zbek tilida kelishikli fe'l birikmasi, bitta leksik fe'l yoki yoyiq predikativ qurilma bilan berilishini, ayrim aspektual hamda baholovchi semalar esa alohida so'zda emas, yaqin kontekstda tiklanishini ko'rsatdi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba