Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

AVTOMOBILSOZLIK YO‘NALISHI TALABALARINING AMALIY INGLIZ TILI MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH

Doniyorova GulruxQarshi davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada avtomobilsozlik yo‘nalishi talabalarining amaliy ingliz tili mashg‘ulotlarini kasbiy ehtiyojlar asosida tashkil etish va takomillashtirishning metodik jihatlari tadqiq etilgan. Texnik oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitishda umumiy til kompetensiyalarini shakllantirish bilan bir qatorda, talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyatida zarur bo‘ladigan kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish muhimligi asoslangan. Tadqiqotda ESP yondashuvi, kommunikativ ta’lim, vazifaga asoslangan o‘qitish va raqamli ta’lim vositalarini integratsiyalash imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarning mazmunini avtomobilsozlik sohasi bilan bog‘lash, kasbiy vaziyatlarga asoslangan topshiriqlarni ishlab chiqish hamda talabalar faolligini oshirishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalar taklif etilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar