Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

INKLYUZIV TA’LIM BITIRUVCHILARINING IJTIMOIY-MEHNAT INTEGRATSIYASIDA IJTIMOIY KAPITALNING O‘RNI

Bekchanova SevinchAlisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Psixologiya va sotsiologiya kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada inklyuziv ta’lim bitiruvchilarining ijtimoiy-mehnat integratsiyasi ijtimoiy kapital yondashuvi asosida nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Bitiruvchining oila, tengdoshlar, pedagoglar, kasbiy hamjamiyatlar va tashkilotlar bilan aloqalari ta’limdan mehnat faoliyatiga o‘tish jarayonidagi resurs sifatida konseptuallashtiriladi. P. Burdye, J. Koulman va M. Granovetter qarashlari qiyoslanib, ijtimoiy aloqaning mavjudligi, undan resurs olish imkoniyati va ushbu resursning amaliy natijaga aylanishi alohida bosqichlar sifatida ajratiladi. Ijtimoiy kapitalni baholash uchun tarmoq xilma-xilligi, axborotga kirish, amaliy ko‘mak, ko‘makning barqarorligi, institutsional aloqalar va qaror qabul qilishdagi mustaqillikni qamrab oluvchi dastlabki indikatorlar tizimi taklif etiladi. Model keyingi empirik tadqiqotda sinovdan o‘tkazilishi uchun mo‘ljallangan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar