Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Interyer dizaynda biofil fraktallarning qo'llanilishi

Saodat IsmailovaTashkent University of Information TechnologyShahzoda Anarova
2024uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Biofil fraktallarni interyer dizaynda qo‘llash tabiiy naqsh va geometrik shakllarni ichki makonga olib kirish orqali insonning tabiiy muhit bilan uyg‘unligini tiklashga yordam beradi. Ushbu maqola biofil fraktallarning estetik va psixologik ta’sirini o‘rganib, ularning interyer dizaynda qo‘llanilish usullarini yoritadi. Biofil fraktallar yoritish, devor va shift bezaklari, materiallar tanlovi va umumiy makon dizaynida keng qo‘llaniladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tabiiy fraktal naqshlar stressni kamaytirish, ijodiy faollikni oshirish va umumiy ruhiy holatni yaxshilashda ijobiy natija beradi. Shu orqali, biofil fraktallar interyer dizaynni nafaqat vizual, balki hissiy jihatdan ham yanada boyitib, insonning ekologik va ruhiy ehtiyojlarini qondiruvchi zamonaviy dizayn elementiga aylanadi. Maqola interyer sohasida biofil fraktallarning qo‘llanilishini tahlil qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba