HUDUDLARNING MOLIYAVIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING ROLI VA UNING MINTAQAVIY RAQOBATBARDOSHLIGIGA TA’SIRI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada hududlarning moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish va mintaqaviy raqobatbardoshlikni mustahkamlashda raqamli transformatsiyaning institutsional, texnologik hamda iqtisodiy mexanizmlari kompleks tadqiq etilib, uning ishlab chiqarish, xizmatlar, moliya, tadbirkorlik va davlat boshqaruvi tizimlariga ta’siri nazariy-metodologik jihatdan asoslangan. Tadqiqotda O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasining 2020 - 2025-yillarga oid aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hamda internetdan foydalanish bo‘yicha hududiy statistik ma’lumotlari asosida raqamli infratuzilmaning tranzaksiya xarajatlarini optimallashtirish, moliyaviy inklyuziyani kengaytirish, tadbirkorlik faolligi va investitsion jozibadorlikni oshirishdagi roli tahlil qilingan.